Dunyoning eng zo‘r bokschilari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi (foto)

Dunyoning eng zo‘r bokschilari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi (foto)

9-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahri boks bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qildi. 20-bor o‘tkazilgan mazkur musobaqada dunyoning 78 mamlakatidan 400 ga yaqin bokschi ishtirok etdi. Quvonarlisi, unda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arib, mazkur jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladi. Bugun delegatsiyamiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Bokschilarimizni kutib olish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi Achilbay Ramatov ham ishtirok etib, yigitlarimizning jahon chempionatidagi bunday muvaffaqiyatli ishtiroki bilan qutladi va Tokio Olimpiadasida ham shunday zafarli g‘alabalar tilab qoldi.

Marosimda, shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati, ko‘plab jamoat tashkilotlari, sportchilarimizning yaqinlari va yuzlab boks ishqibozlari qatnashdi. Marosimda bokschilarimiz nomidan Bahodir Jalolov so‘zga chiqdi.