Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyoning turli burchaklarida quyosh tutilishi qanday kuzatildi (fotojamlanma)
21.06.2020 18:43,  
617

Yakshanba kuni odamlar dunyoning turli burchaklaridan -G‘arbiy Afrikadan Arabiston yarim oroligacha, Markaziy Osiyodan Hindiston va Xitoy janubiga qadar "olov halqali" quyosh tutilishining guvohi bo‘lishdi.

Quyosh tutilishi har yili yoki har ikki yilda bir sodir bo‘ladi va faqat sayyoraning ayrim nuqtalaridangina ko‘rish mumkin.

Bu yilgi quyosh tutilishi shimoliy yarim sharda yilning eng uzun kuni - 22 iyun kunida sodir bo‘ldi.

Parij rasadxonasi astronomi Florent Delefining aytishicha, aylanma tutilish Yer yuzasining atigi 2 foizidan ko‘rinadi.

Foto: YASUYOSHI CHIBA/AFP

Nayrobilik erkak quyosh tutilishi aksini qo‘lida namoyish qilmoqda, Keniya

Foto: BAZ RATNER/REUTERS

Qisman quyosh tutilishi kuzatilayotgan Nayrobidagi tomda turgan qarg‘a, Keniya

Foto: HAMAD I MOHAMMED/REUTERS

Manamada payvandlash dubulg‘asi yordamida quyosh tutilishini tomosha qilayotgan erkak, Bahrayn 

Foto: AMR ABDALLAH DALSH/REUTERS

Astronomik hodisa Qohira osmonida, Misr 

Foto: AMIT DAVE/REUTERS

Gandinagarlik yigit «Instagrambop» sur’at olish uchun telefoni va "Quyosh ko‘rgich"dan foydalanmoqda, Hindiston 

Foto: AHMED YOSRI/REUTERS

Ar-Riyod osmonida kuzatilgan quyosh tutilishi, Saudiya Arabistoni 

Karachidagi Klifton sohilidagi «ingichka» quyosh tutilishi, Pokiston 

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан