Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tug‘ilish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini kompozit tarzda ko‘rsatish tartibi joriy etiladi
4.05.2020 14:56,  
440

Har bir inson uchun farzandli bo‘lish cheksiz quvonch, farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olish, uni tegishli idoralarga ro‘yxatga qo‘yish va farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish shirin tashvishlar bo‘lsada, hujjat to‘plash uchun idorama-idora yugurishini o‘ylasa, bu achchiq haqiqatga aylanishi aniq.

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tug‘ilish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xizmatlarini kompozit tarzda ko‘rsatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu nima degani?

Bunda, tug‘ruqxonadan bola tug‘ilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish, FHDYo bo‘limida bola tug‘ilganligini qayd qilish, bolani otasi yoki onasining doimiy yashash manziliga ro‘yxatga qo‘yish, farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish, poliklinikaga ro‘yxatga qo‘yish va bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo‘yish kabi harakatlar elektron ravishda bir vaqtda amalga oshiriladi.

Ushbu davlat xizmatidan foydalanish uchun birgina FHDYo bo‘limiga murojaat qilishning o‘zi kifoya.

Mazkur davlat xizmatlarini kompozit tarzda ko‘rsatish tartibining joriy etilishi fuqarolarning ortiqcha hujjat to‘plashlariga, davlat idoralari o‘rtasida sarson bo‘lib, eshikma-eshik sarg‘ayib yurishlariga barham beradi.

Natijada, ushbu davlat xizmatlaridan foydalanish orqali iqtisod qilingan vaqt va mablag‘lar farzandlarini bekamu-ko‘st ulg‘aytirishga, ularga ta’lim-tarbiya berishga zamin hozirlaydi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан