Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DXA aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzganlik uchun javobgarlik borligini eslatdi
27.11.2020 11:25,  
125

Ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagichlarni qiyoslash masalasida vakolatli tashkilotlarning ayrim nopok xodimlari tomonidan fuqarolardan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan to‘lovlarni undirish bilan bog‘liq holatlarga duch kelinayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Davlat xizmatlari agentligi ma’lumotiga ko‘ra, avvallari hisoblagichni yechish uchun ta’minotchi tashkilotga (“RES”, “Raygaz” “Suvsoz”) ariza topshirish kerak edi. So‘ng, qiyoslashdan o‘tkazish uchun qurilmani “O‘zstandart” agentligiga olib borishi kerak bo‘lgan.

“U yerda arizachidan turli miqdordagi mablag‘ yig‘ib olinar edi. Bundan tashqari, qiyoslash narxini belgilashda shaffoflik va oshkoralik mavjud emasdi. Qiyoslash o‘tkazilgandan so‘ng arizachi mustaqil ravishda qurilmani olib, keyin mas’ul tashkilotga hisoblagich o‘rnatish uchun ariza topshirar edi.

Sir emas, ko‘pchilik ortiqcha ovoragarchilikni oldini olish uchun mas’ul xodimlar bilan muayyan mablag‘ evaziga “kelishar” edi. Yuqorida ko‘rsatilgan barcha tadbirlarni esa tashkilot xodimi o‘zi amalga oshirgan.

Endilikda esa, 2019 yil 1 noyabridan boshlab, kommunal xizmatlari “schetchiklarini” qiyoslash uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki elektron tarzda my.gov.uz portali orqali qabul qilinmoqda”, - deyiladi DXA xabarida.

Qayd etilishicha, bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad — avvalgi tartibda mavjud bo‘lgan korrupsion holatlarga chek qo‘yish, mazkur xizmatlarni ko‘rsatish uchun aniq muddatlar va tartibni belgilash. Bu bilan fuqarolarga qulaylik yaratish.

Davlat xizmatlari agentligi “Suvo‘lchagich xizmati” UK xodimi bilan bog‘liq holat agentlik mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgani va unda ko‘rsatilgan qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan aybdor xodimga tegishli chora ko‘rilishi ta’minlanishini ma’lum qildi.

Eslatilishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-5-moddasiga asosan:

  • davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarining arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda;
  • davlat xizmatlari ko‘rsatish chog‘ida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda;
  • arz qiluvchidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda;
  • davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirig‘ini) bajarmaganlikda ifodalangan tarzda buzilishi Davlat xizmatlari agentligi organlari tomonidan mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан