Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DXA «Sirli mijoz» va reyd tadbirlari natijasida 21 nafar xodimini ishdan bo‘shatdi
13.08.2020 17:28,  
1381

Ma’lum qilinishicha, Davlat xizmatlari agentligi direktori tomonidan 2020 yil 20 fevralda «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligida korrupsiyaga qarshi tizimning maqsadli ko‘rsatkichiga erishish» bo‘yicha 100 ta banddan iborat Yo‘l xaritasi tasdiqlanib ijroga qaratilgan.

Shuningdek, KPMG mutaxassislari tomonidan «Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashish» mavzusida Agentlik markaziy apparati hamda rahbariyat uchun shuningdek, hududiy boshqarmalari hamda davlat xizmatlari direktorlari uchun vebinar shaklida trening o‘tkazildi.

Markaziy apparat uchun o‘tkazilgan vebinar treningda 60 nafarga yaqin, hududiy boshqarmalar uchun o‘tkazilgan vebinarda 250 nafarga yaqin xodimlarning ishtiroki ta’minlandi.

Shu bilan birga, fuqarolarning davlat xizmatlari markazlari faoliyatida korrupsiyaga daxldor murojaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlariga yetib borishini ta’minlash maqsadida, davlat xizmatlari markazlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha «to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qutilari»ni o‘rnatish shuningdek, ushbu qutilar yonida «korrupsiya holatlari bo‘yicha shubha yoki faktlar yuzasidan murojaat qiling» kabi e’lonlarni yozib qo‘yish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Hozirda ushbu qutilar respublika bo‘yicha 7 ta (Sirdaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm, Farg‘ona) viloyatlarining tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarida o‘rnatilgan. Qolgan viloyatlarda karantin holati sababli ishlarni yakunlash ortga surilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘iga asosan, Adliya organlari va muassasalari xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Ushbu Nizomda Agentlik tizimida ishlayotgan xodimlarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish maqsadida hamda ularning korrupsiyaga moyillik darajasini aniqlash maqsadida muntazam ravishda «sirli mijoz» tadbirlarini o‘tkazish hamda aniqlangan har bir holat bo‘yicha Agentlikka zudlik bilan xabar berish tartibi joriy qilingan.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida davlat xizmatlari markazlarida o‘tkazilgan «sirli mijoz va reyd» tadbirlari davomida quyidagilar aniqlangan:

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida respublika miqyosida 151 ta «Sirli mijoz», 377 ta reyd, 2 ming 99 ta profilaktik suhbatlar hamda 1 ming 342 ta xodimlar bilan savol-javoblar o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan «Sirli mijoz» tadbirlari natijasida 172 ta ogohlantirish, 24 ta hayfsan va 15 ta jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. «Sirli mijoz»tadbirlari natijasida 13 nafar xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

O‘tkazilgan Reyd tadbirlari natijasiga ko‘ra 286 ta ogohlantirish, 30 ta hayfsan va 24 ta jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Reyd tadbirlari natijasida 8 nafar xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан