Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DXX 14 kg.dan ortiq giyohvand moddalarni musodara qildi
18.04.2021 11:23,  
358

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati Boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida Tojikiston Respublikasi hududidan umumiy qiymati 100 ming AQSh dollari miqdoridagi giyohvand moddalarning mamlakatimizga kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilganligi aniqlanib, viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Bekobod tumanidan Bo‘ka tumani tomon harakatlanayotgan avtomashina to‘xtatildi.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi, So‘g‘d viloyati Matchoh tumanida yashovchi Mullochon Xomidchonovning yonida 1 kg. 879 gr. “amfetamin” sintetik giyohvandlik vositasi, 1 kg. 822 gr. “opiy” hamda 3 kg 972 gr. “gashish” moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda olib qo‘yildi.

DXX Namangan viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan Nodirbek Nishonov 1 kg. “gashish” giyohvand moddasini 14 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, ushbu narkotik moddalar Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlangan Yoqub Yusupjonov tomonidan mamlakatimizga Tojikiston Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelinib, kelgusida sotish maqsadida Namangan tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan Dilshod Boyxonovning yashash xonadoniga yashirib qo‘yilgan.

Boyxonovning yashash xonadonida o‘tkazilgan tintuv tergov harakatlari jarayonida 802 gr. “opiy” va 2 kg 917 gr. “gashish” moddalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

DXX hamda Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “Samarqand - Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Matiz” rusumli avtomashina “Erkin” YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro, muqaddam sudlangan Faxriddin Jumayevning yonida 190 gr. “opiy” moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi, Ichki ishlar idoralari hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Uchko‘prik tumani hududida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatildi.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Qo‘qon shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan Suxrob Jo‘rayevga tegishli sellofan paket ichida 997 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yildi.

Farg‘ona viloyatida qayd etilgan yana bir holatda, Farg‘ona tumanida yashovchi Rustam To‘rayev Qirg‘iziston Respublikasining Qadamjoy rayoni bilan chegaradosh hududda qirg‘izistonlik “Qobil” ismli shaxsdan 500 gr. “gashish” moddasini 3300 AQSh dollariga sotib oladi.

So‘ngra giyohvandlik vositasini Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi sherigi Tohir Abdurasulovning yashash xonadoniga yashirib, undan 200 gr. qismini 1400 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.

Shuningdek, Abdurasulovning uyidan ajal og‘usining qolgan qismi ham o‘rnatilgan tartibda olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 1 kg 879 gr. “amfetamin”, 2 kg 814 gr. “opiy” va 9 kg 386 gr. “gashish” giyohvand moddalari musodara qilindi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida ularning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан