Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DXX akademiyasi pedagoglarni ishga taklif qilyapti
11.08.2020 14:05,  
2621

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi hamda «Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi nizomlarga asosan, chuqur kasbiy bilim va ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatga ega bo‘lgan, oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun qo‘yilgan malaka talablariga (oxirgi 3 yilda pedagogik malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan) hamda ilmiy daraja va unvonga ega (shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega) pedagog kadrlar quyidagi fanlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasining professor-o‘qituvchi lavozimlariga tanlov asosida ishga taklif qilinmoqda:

  • gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar (mantiq, sotsiologiya, dinshunoslik, iqtisod);
  • jinoiy-huquq fanlari va kriminalistika (kriminalistika, xalqaro huquq);
  • davlat huquqi va umumiy huquq fanlari;
  • xorijiy tillar (arab tili, dariy tili, turk tili, urdu tili, pushtu tili, fors tili, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, rus tili).

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasida ishlashni xohlovchi, yuqorida ko‘rsatilgan talablarga javob beruvchi pedagog kadrlar 2020 yilning 20 avgustiga qadar DXX Akademiyasiga (Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 20-uy) yoki 71-252-92-30 telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

Tanlovda qatnashishni xohlovchilar taqdim etadilar:

  • 1. Akademiya boshlig‘i nomiga ariza;
  • 2. So‘rovnoma (ma’lumotnoma, ob’yektivka, tarjimayi hol), 4 dona 3x4 hajmdagi rangli fotosurat;
  • 3. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hamda ilmiy daraja va unvon bo‘yicha diplomlar nusxasi;
  • 4. Malaka oshirish kurslarida o‘qiganligi haqida (xorijiy tillar bo‘yicha pedagog kadrlar til bilish darajasi to‘g‘risida) guvohnoma;
  • 5. Mehnat daftarchasi nusxasi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан