Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DXX ekstremistik oqim tarafdorini qo‘lga oldi
11.02.2022 17:18,  
248

Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1998 y.t. “R.Sh.” o‘zining uyali telefonidagi “Telegram” messenjerida akkaunt yaratib, u orqali diniy mavzuga ixtisoslashgan kanallarga a’zo bo‘ladi.

So‘ngra bu kanallarda joylashtirilgan xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boshqalarning “jihod”ga chorlovchi ma’ruzalarini hamda “Turkiston islom harakati”* terroristik tashkilotiga tegishli audio-videomateriallarni yuklab oladi. Shuningdek, ularni Qo‘qon shahrida yashovchi tanishlariga ham tarqatadi.

DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs qo‘lga olinib, uning mobil telefoni protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ekspertiza xulosasiga ko‘ra, “R.Sh.”ning telefon apparati xotirasida saqlangan materiallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanadi.

Mazkur shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida uning maslakdoshlarini aniqlash bo‘yicha ham tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан