Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DXX harbiy xizmatchilari shaxslarga nisbatan jismoniy kuch ishlatishga haqqi bormi?
13.12.2019 18:35,  
4166

Chegara qo‘shinlarining telegramdagi rasmiy kanalida DXX harbiy xizmatchilari qanday hollarda jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega bo‘lishi haqida ma’lumot berildi.

DXX to‘g‘risidagi qonunning 26-moddasiga ko‘ra, DXX harbiy xizmatchisi quyidagi hollarda shaxsan o‘zi yoki bo‘linma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi:

– jinoyatlarga va boshqa huquqbuzarliklarga barham berishda;

– jinoyatlar yoki boshqa huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni olib borish va ushlab turishda;

– DXX harbiy xizmatchisining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etishda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 11 noyabr kuni Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Vodil qishlog‘ida yaqinida niqobli chegara qo‘shinlari askarlari shaxslarning mahalla hududida mashinalarni tekshirayotgani va bir o‘smirni beysbol tayog‘i bilan kaltaklagani videosi tarqalgan edi.

Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda juda katta noroziliklarni keltirib chiqardi.

Mavzuga doir: Farg‘onada chegarachilar fuqaroni urib-so‘kishga haqqi bormi?

Shundan so‘ng, DXX Chegara qo‘shinlari Farg‘ona viloyati Xosilot chegara oldi aholi punktida sodir bo‘lgan voqeaga izoh berdi.

Munosabatda DXX Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy prokuratura bilan hamkorlikda yuqoridagi fakt bo‘yicha xizmat tekshiruvini o‘tkazayotgani hamda vaziyatga oydinlik kiritilgach, qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan edi.

Lekin, DXX harbiy xizmatchilariga nisbatan qandaydir chora ko‘rilgani va buning natijalari haqida bir oydan buyon hech qanday xabar berilmadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан