Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DXX joylardagi bir nechta noqonuniy holatlarga o‘z vaqtida chek qo‘ydi
1.04.2022 20:22,  
205

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida, Amudaryo tumani xalq ta’limi bo‘limi hamda qurilish-ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi 2 ta MChJ mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birining o‘quv binolarini ta’mirlash uchun ajratilgan jami 1 mlrd. 235 mln. so‘m pul mablag‘ining 177,6 mln. so‘mini hisob-fakturalarga soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritish orqali noqonuniy o‘zlashtirganliklari aniqlandi.

Shuningdek, Amudaryo tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birining o‘qituvchisi o‘z hamkasbining ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni malaka toifasi olish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazib berish evaziga 600 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birining direktori esa fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga 400 AQSh dollari olayotganida qo‘lga olindi.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 1999 y.t. shaxs 2 nafar fuqaroni poytaxtdagi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biriga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 24 mln. so‘m olganida ushlandi.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi, 1992 y.t., muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan shaxs 1991 y.t. fuqaroni hokimiyat idoralarida ishlovchi tanishlari orqali “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritib, yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan 3 xonali xonadon sotib olishi uchun subsidiya olishida yordam berish evaziga 400 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан