Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DXX oltin bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatini fosh etdi. Oltinning umumiy miqdori 2,5 mlrd so‘mdan oshadi
15.12.2020 13:25,  
406

Joriy yilning 12-13 dekabr kunlari Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tarkibida oltin bo‘lgan rudani noqonuniy qazib olish va qayta ishlash, shuningdek, chet elga oltin parchalari va yashirin sexlarda ishlab chiqarilgan zargarlik mahsulotlarini olib chiqish bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi.

DXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avtomobil ehtiyot qismlari ostida yashirilgan 3 kg.dan ortiq oltinni Namangan viloyati orqali Qirg‘iziston Respublikasiga noqonuniy ravishda olib o‘tishga urinish paytida fuqaro S.O. qo‘lga olindi. 

Toshkent va Navoiy viloyatida uyushgan jinoiy guruhlar a’zolariga nisbatan o‘tkazilgan keyingi tezkor-tergov tadbirlar doirasida qayta ishlangan oltin uchun to‘lov sifatida olingan 52,5 ming AQSh dollari, 1,2 kg.dan ortiq oltin parchalari va qo‘lbola usulda yasalgan zargarlik buyumlari hamda tarkibida oltin bo‘lgan 71 tonna ruda aniqlandi va olib qo‘yildi.

Bundan tashqari, tarkibida oltin bo‘lgan rudani qayta ishlash va oltin mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha 6ta yashirin sex faoliyati fosh etildi. 

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov davom etmoqda. 

Oltinning umumiy miqdori 2,5 milliard so‘mdan oshadi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан