Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DXX O‘zbekiston bo‘ylab tezkor-qidiruv tadbirda 13,5 kilo giyohvand moddalarni musodara qildi (video)
19.08.2021 08:57,  
288

DXXning hududiy boshqarmalari tomonidan respublikada giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Xususan, DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida Denov tumani tibbiyot birlashmasida haydovchi bo‘lib ishlovchi, 1984 yilda tug‘ilgan shaxs 3 kilogramm 857 gramm opiy moddasi bilan qo‘lga olindi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida giyohvand moddani mazkur shaxsning Tojikistondagi jinoiy aloqalari kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimiz hududiga o‘tkazib bergani ma’lum bo‘lgan.

 

DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda Chust tumanida o‘tkazgan tezkor tadbirida ham katta miqdordagi giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yilgan.

Xususan, tezkor tadbir davomida Uychi tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan shaxs va uning jinoiy sherigi Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida istiqomat qiluvchi, 1978 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro tomonidan Qirg‘izistondan olib kelingan 6 kilogramm 813 gr gashish moddasi protsessual tarzda rasmiylashtirib olingan.

DXX xodimlari tomonidan Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qorasu tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi va uning jinoiy sherigi bo‘lgan, 1959 yilda Qirg‘izistonda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi ushlanib, ulardan 1 kilogramm 413 gramm gashish moddasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Aniqlanishicha, ushbu giyohvand modda kelgusida sotish maqsadida qo‘shni Qirg‘izistondan O‘zbekiston hududiga olib o‘tilgan.

Qo‘qon shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish maqsadida Qirg‘izistonning Botken viloyati Qizilqiya shahriga borib, Azamat ismli shaxs bilan uchrashadi va unga 1 kilogramm gashish moddasini Farg‘ona shahriga yetkazib berish sharti bilan 2 ming dollar berib, yashash manziliga qaytib keladi.

Oradan ma’lum muddat o‘tib, u Farg‘ona shahridagi Farg‘ona—Qo‘qon yo‘nalishida qatnovchi avtomashinalar turargohida giyohvand moddani qabul qilib olib, Qo‘qon shahri tomon yo‘l olganida DXX xodimlari tomonidan ushlangan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, undan protsessual tartibda olingan gashish moddasining sof og‘irligi 911 grammni tashkil etgan.

Farg‘ona viloyatida kuzatilgan yana bir holatda esa Quva tumani hududida to‘xtatilib, tekshirilgan Gentra rusumli avtomashina yo‘lovchisi, Oltiariq tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaroning yonida 599 gramm gashish moddasi borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirib olingan.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 3 kilogramm 857 gramm opiy va 9 kilogramm 736 gramm gashish giyohvand moddalari musodara qilindi. Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida ularning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан