Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DXX qariyb 4 million AQSh dollari olayotgan rahbarni ushladi (video)
21.01.2021 11:47,  
3601

Qibraylik tadbirkorning bog‘dorchilik va chorva mollariga yaylov uchun yer ajratilishini so‘rab, o‘zi yashayotgan tuman hamda Toshkent viloyatining boshqa tumanlari hokimliklariga qilgan murojaatlari kutilgan natijani bermaydi.

O‘zA xabariga ko‘ra, shunda uning muammosidan xabar topgan Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi chorvachilikka ixtisoslashgan «Asiyan Milk Best» mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari «T.Q.» ushbu jamiyatga tegishli Quyichirchiq tumanidagi 360 gektar sug‘oriladigan yerni va hozirda norasmiy foydalanib kelayotgan tuman zaxirasidagi 100 gektar yerni uning nomiga o‘tkazib berishini aytib, evaziga 3 mln. 700 ming AQSh dollari so‘raydi. Shuningdek, bu ishlarni rasmiylashtirib berish uchun Quyichirchiq tumani hokimligidagi mansabdor shaxsga berishini aytib, yana 20 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «T.Q.» tadbirkordan jami 3 mln. 720 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан