Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DXX qimmatbaho metall o‘g‘rilarini qo‘lga oldi
6.03.2022 11:42,  
148

DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda qimmatbaho metall o‘g‘rilari qo‘lga olingan.

Olmaliqlik X.F «Olmaliq KMK» AJning bir guruh ishchilari bilan jinoiy til biriktirgan. U «Oltin va kumushni afinajlash sexi»ning kiyim almashtirish xonasiga qimmatbaho metall – sanoat qumlarini yashirib qo‘ygani fosh bo‘lgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushbu yacheykaning pastki qismida perchatkada joylashtirilgan umumiy og‘irligi 4 kg. 435 gr. sanoat mahsuloti – shlam protsessual tarzda rasmiylashtirib olingan. Laboratoriya tahlili natijalariga ko‘ra, ushbu sanoat qumlari tarkibida umumiy narxi 117,5 mln. so‘mlik 160.5 gr. qimmatbaho metalllar mavjudligi aniqlangan.

Fuqaro X.F Chirchiq shahrida «Olmaliq KMK» AJning qo‘riqlash xizmatiga bo‘lib o‘tayotgan qabulga qatnashish uchun kelgan vaqtida qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан