Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DXX va IIB ekstremistik guruh a’zolarini qo‘lga oldi
17.06.2021 08:20,  
710

Shu yilning 16 iyun kuni Sirdaryo viloyati Ichki ishlar Boshqarmasi va DXX Sirdaryo viloyati Boshqarmasi tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Internet ijtimoiy tarmoqlari orqali ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar a’zolarining ta’siriga tushib, radikal g‘oyalarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelgan yashirin guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Guruh a’zolari Internetning «Telegram» messenjerida virtual kanal tashkil qilib, u orqali ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarini targ‘ib qiluvchi audio va videomateriallarni tarqatib kelganlar.

Tezkor tadbir natijasida mazkur jinoiy guruhning Mirzaobod tumani va Yangiyer shaharlarida yashovchi 20 nafar a’zosi qo‘lga olindi. Qo‘lga olingan shaxslarning yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан