Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DXX xalifalikka da’vat etuvchi videolarni tarqatib kelgan shaxsni aniqladi
22.04.2022 22:44,  
176

Internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor.

 Ammo ayrimlar bu tarmoqlar orqali hamma ma’lumotlarni bir-biriga ulashish, tarqatish mumkin, deb o‘ylab xatoga, hatto jinoyatga yo‘l qo‘ymoqda.

Davlat xavfsizligiga putur yetkazadigan, xususan, O‘zbekistonda  taqiqlangan diniy ma’ruza yoki videomateriallarni tarqatish qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbir davomida Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashovchi A.A.ning “Redmi 6 A” rusumli telefon apparati ko‘zdan kechirilgan. Shunda “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida uning shaxsiy telefon raqamiga ochilgan profiliga xorijiy davlatga tegishli raqam foydalanuvchisi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi S.A.dan Shayx Obidxon qorining “Olimlarimizni himoya qilaylik”, Muhammad Rafiq qorining “Islomiy siyosat va xalifalik nima?” va Rashod qorining “Xalifalik haqida” nomli ma’ruzalari kelgani aniqlandi. Bu videomateriallarni u boshqalarga ham tarqatgani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu ma’ruzalar DVD+R diskiga ko‘chirib olinib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yuborildi.

Qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra, ushbu videomateriallar amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirishga qaratilgan, ularni mamlakatimiz hududiga olib kirish va tarqatish taqiqlangan.

Davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirishga xizmat qiladigan va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tarqatgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159 va 244-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан