Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dzyudo jamoamiz tarixda ilk bor jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi
1.11.2021 09:47,  
89

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonligida davom etayotgan harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Ulug‘bek Azizov va Tohir Fayziyev murabbiyligidagi dzyudochilarimiz yakkalik bahslari yakuniga ko‘ra 4 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Diyora Keldiyorova (-52 kg), Dilshodjon Baratov (-60 kg), Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) jahon chempioniga aylangan bo‘lsa, Shohruh Baxtiyorov (+100 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinni braziliyalik dzyudochilar 3 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka mezbonlar – Fransiya terma jamoasi 3 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan yakun yasadi. Avstriya 2 ta oltin, Rossiya va Slovakiya terma jamoalari 1 tadan oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Endi vakillarimiz jamoaviy yo‘nalishda ham oltin medallar uchun bahs olib borishadi. Bo‘lajak bellashuvlarda dzyudochilarimizga omad tilab qolamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан