Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dzyudochilarimiz Olimpiada reytingida yuqoriladi
30.03.2021 22:37,  
502

Dzyudo bo‘yicha Tbilisi shahrida o‘tgan “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng Xalqaro dzyudo federatsiyasi yangilangan Olimpiada reytingini e’lon qildi.

Mazkur reytingda bir qator yosh polvonlarimiz o‘z o‘rinlarini yaxshilab oldi. Jumladan, Kemran Nurillayev Tbilisidagi musobaqada kumush medalni qo‘lga kiritganidan so‘ng reytingning 30-pog‘onasiga ko‘tarildi. U navbatdagi musobaqada yana muvaffaqiyat qozonib, jadvalda bir pog‘ona yuqorilasa, o‘z vazn toifasida litsenzion hududdan joy oladi. Shuningdek, mazkur musobaqa g‘olibi Sardor Nurillayev 2 pog‘ona ko‘tarilib, 12-o‘rindan joy oldi.

Quyida Olimpiada yo‘llanma zonasida o‘rin egallagan dzyudochilarimiz bilan tanishasiz:  

– 60 kilogramm vazn toifasida:

1. Ryuju Nagayama (Yaponiya) – 7350 ochko

5(5). Sharofiddin Lutfillayev (O‘zbekiston) – 5243 (yo‘llanma zonasida)

24(24). Diyorbek O‘rozboyev – 2416 ochko (yo‘llanma zonasida)

– 66 kilogramm vazn toifasida:

1. An Baul (Janubiy Koreya) – 5891 ochko

12(14). Sardor Nurullayev – 3966 ochko (yo‘llanma zonasida)

– 73 kilogramm vazn toifasida:

1. Soichi Xashimoto (Yaponiya) – 7639 ochko

7(6). Hikmatilloh To‘rayev – 4244 ochko (yo‘llanma zonasida)

– 81 kilogramm vazn toifasida:

1. Mattias Kasse (Belgiya) – 7054 ochko

7(7). Sharofiddin Boltaboyev – 4681 (yo‘llanma zonasida)

25(24). Kamoliddin Rasulov – 2332 (yo‘llanma zonasida)

– 90 kilogramm vazn toifasida:

1. Nikoloz Sherazadashvili (Ispaniya) – 8311 ochko

14(14). Davlat Bobonov – 3945 ochko (yo‘llanma zonasida)

– 100 kilogramm vazn toifasida:

1. Varlam Liparteliani (Gruziya) – 6848 ochko

16(16). Muhammadkarim Xurramov – 3317 (yo‘llanma zonasida)

+100 kilogramm vazn toifasida:

1. Lukash Krpalek (Chexiya) – 6423 ochko

18(17). Bekmurod Oltiboyev – 3102 ochko (yo‘llanma zonasida)

Ayollar:

– 52 kilogramm vazn toifasida:

1. Amandin Bushar (Fransiya) – 8955 ochko

27(27). Diyora Keldiyorova – 2367 ochko (qit’aviy kvota)

– 70 kilogramm vazn toifasida:

1. Maria Eve Gaxe (Fransiya) – 6678 ochko

27(28). Gulnoza Matniyazova – 2752 ochko (qit’aviy kvota)

Eslatib o‘tamiz, ushbu jadvalda faqat Olimpiada reytingi keltirib o‘tilgan bo‘lib, unda yetakchi va unga eng yaqin vakillarimiz ko‘rsatilgan. Bir vaznda 2 yoki undan ortiq dzyudochi yo‘llanma zonasida bo‘lsa, qaysi sportchi Olimpiadaga borishini Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi tanlaydi. Olimpiada reytingini yig‘ish 2021 yilning 28 iyunida yakunlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан