Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






YeChL. «Yuventus» Portugaliyada yutqazdi. «Borussiya» D safarda «Sevilya»ni mag‘lub etdi
18.02.2021 08:26,  
103

Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 final doirasida yana ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi. 

«Yuventus» safarda «Portu»ga imkoniyatni boy berdi. Har ikki bo‘limning 1-daqiqasida kiritilgan tezkor gollar mezbonlarga g‘alaba keltirdi. O‘yin oxirida Keza yagona javob to‘pini kiritdi.

«Borussiya» D mehmonda «Sevilya» ustidan g‘alabaga erishdi. Mezbonlardan Suso va de Yong to‘p kiritishgan bo‘lsa, dortmundliklardan Holand dublga erishdi, yana bir gol Daud hisobiga yozildi.

Ushbu juftliklarda javob bahslari 9 martda bo‘lib o‘tadi.  

YeChL, 1/8 final, 17 fevral

Portu — Yuventus 2:1

Gollar: Taremi (1), Marega (46) — Keza (82).
Portu – Marchesin, Manafa, Sanusi, Mbemba, Pepe, Otavio (Dias, 57), Uribe, Korona (Lum, 90+1), Serjiu Oliveyra (Fransishku Konseysau, 90+1), Marega (Gruyich, 66), Taremi. 
Yuventus – Shchensni, Danilo, de Ligt, Sandro, Kellini (Demiral, 35), Rabo, Bentankur, Kulusevski (Remzi, 77), Makkenni (Morata, 63), Keza, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: de Ligt (63), Danilo (81), Demiral (87), Sandro (90+2).

Sevilya — Borussiya D 2:3

Gollar: Suso (7), de Yong (84) — Daud (19), Holand (27, 43).
Sevilya – Bunu, Diyego Karlos, Eskudero, Kunde, Navas, Fernando, Rakitich (Gudel, 46), Suso (de Yong, 60), Jordan (Oskar Rodriges, 72), Gomes (Oliver Torres, 60), An-Nosiri (Munir, 60). 
Borussiya D – Hits, Hummels, Morey, Akanji, Gerreyru (Passlak, 77), Sancho, Daud (Myone, 89), Jan, Bellingem, Roys (Brandt, 80), Holand.
Ogohlantirishlar: Hummels (73), Oskar Rodriges (88), Holand (90+1).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан