Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






EduOn - ta’lim granti. Umumiy qiymati 50 million so‘m bo‘lgan maxsus yutuqlarga ega tanlovda ishtirok eting
22.08.2021 22:42,  
55

Ilmga chanqoq yoshlarning ta’lim olishini qo‘llab quvvatlash va yoshlar orasida biznes, IT, xorijiy tillar, shaxsiy rivojlanish kabi bilim hamda ko‘nikmalarni yanada rivojlantirish maqsadida "Mfaktor" biznes maktabi, EduOn.uz ta’lim platformasi va OLIYGOH.UZ jamoasi hamkorligida Respublika miqyosida umumiy qiymati 50 million so‘m bo‘lgan maxsus yutuqlarga ega ta’lim Granti tanlovini e’lon qiladi.

 

Grant g‘oliblari maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, I,II va III darajali QR-kodli diplomlar bilan taqdirlanadi, shuningdek tanlovda ishtirok etganlarning barchasiga maxsus sertifikatlar beriladi.

Qatnashing, bilimingizni sinovdan o‘tkazing hamda maxsus mukofotlarga ega bo‘ling.

Grant tanlovi tashkilotchilari:

Ro‘yxatdan o‘tish oxirgi sanasi:

  • 27-avgust

Tanlov kimlar uchun?

  • Biznes, IT, shaxsiy rivojlanish kabi bilim hamda ko‘nikmalarini yanada oshirmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun.

Grantni moliyalashtirish miqdori:

Qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

"EduON - ta’lim granti" tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar mustaqil ravishda OLIYGOH.UZ platformasi tizimidan ro‘yxatdan o‘tadilar va tanlov sinov shartlari bilan oldindan tanishadilar. Tanlov ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida har bir nomzodning telefon raqamiga maxsus kod jo‘natiladi. Ushbu kod orqali ishtirokchining “Shaxsiy kabineti” faollashtiriladi.

Final bosqichining mutlaq g‘oliblari 12-sentabr kuni "Mfaktor" biznes maktabining maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan majlislar zalida bo‘lib o‘tadigan "Yoshlar forumi"da taтtanali ravishda taqdirlanishadi.

Grant g‘oliblarini rag‘batlantirish

Tanlovda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan yoshlarga maxsus QR-kodli diplomlar, esdalik sovg‘alar berilishi bilan bir qatorda quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Bundan tashqari, final bosqichida faol ishtirok etgan nomzodlardan saralangan eng munosib 95 nafar ishtirokchiga EduOn.uz ta’lim platformasi kurslaridan foydalanish uchun 400 ming so‘mlik Grant-voucher taqdim etiladi. Grant o‘rni – 95 ta

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi. Sertifikatlar OLIYGOH.UZ platformasida “Shaxsiy kabinet” orqali ishtirokchilarga yuboriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан