Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eh Pashinyan, Pashinyan...
5.11.2020 07:55,  
1942

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan yolg‘onchiligini hammamiz bilamiz. Lekin, u chet el OAVlariga intervyu berganida davlat boshlig‘i va diplomatni emas, balki ko‘chadagi bezorini eslatadi. Ozarbayjon qurol-aslahaning asosiy qismi — 30 foizini O‘rusiyadan, qolgan qismini Ukraina, Belarussiya, Turkiya, Isroil va Erondan sotib olishi ma’lum. 

O‘rusiyaga tishi o‘tmaydigan Pashinyan Eron OAVlariga bergan intervyusida Isroil Ozarbayjonga qurol sotayotgani uchun urushda ozariylar tomonida ekanligini aytibdi. Armanistonga qurollarni ichki bozor narxida yoki suv tekin berayotgan O‘rusiya Ozarbayjonga milliardlab dollarlik qurol sotgani Pashinyan janoblarining esidan chiqib qolgan ko‘rinadi. Bu yerda maqsad — Isroil davlatini xaritadan o‘chirib tashlash kerakligini aytgan Eronni Isroil va Ozarbayjonga qarshi gij-gijlashdan iborat, xolos.
 
Isroildagi The Jerusalem Post gazetasiga intervyusida esa Isroil Turkiya bilan birgalikda Ozarbayjonda ularga qarshi urushayotgan "terroristlarni qo‘llab-quvvatlayotgani"ni, ozariylar esa o‘sha qurollar bilan armanilarni o‘ldirayotganini aytibdi. Isroilning armanilarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish haqidagi taklifiga "o‘zlaring pishirib ye" qabilida javob beribdi: 

"Yollangan qotillarga qurol sotayotgan, bu qurollar esa tinch aholini o‘ldirish uchun foydalanilayotgan mamlakatdan insonparvarlik yordami olishmi?! Men Isroilga bu yordamni o‘sha yollangan askar va terrorchilarga yuborishni taklif qilaman. Shunda, qilayotgan ishining mantiqiy davomi bo‘ladi".

Eh, Pashinyan, Pashinyan... Raqibing Ilhom Aliyev kabi aqlli va har gapini o‘ylab, asoslab gapiradigan davlat boshlig‘i emasliging har otgan qadaming, har aytgan yolg‘on-yashiq so‘zlaringdan bilinib turibdi. Xotiningni qo‘shni davlat hududiga terrorchi o‘laroq urushga yubording. Kursingni sharmandalarcha bo‘shatadigan kunni ko‘rishga ham oz vaqt qoldi.

Eh, Nikol, Nikol...

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан