Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






YeI Belorusda muxolifatchilarning hibsga olinishini qoraladi
20.06.2020 23:08,  
154

Belorusda muxolifat vakillari va tarafdorlarining hibsga olinishi so‘z va yig‘ilishlar erkinligini buzmoqda, deb hisoblaydi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Xosep Borrell. Diplomat bu haqda o‘z tvitter sahifasida yozdi

"Belarusda tinch namoyishchilar, jurnalistlar va muxolifat namoyandalarining hibsga olinishi so‘z va yig‘ilishlar erkinligini buzmoqda va zudlik bilan to‘xtatilishi kerak", - deydi Borrel.

Yevropa diplomatiyasi rahbari Belorusda bo‘lajak prezident saylovlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) majburiyatlariga muvofiq erkin va ishonchli tarzda o‘tkazilishi kerakligini ta’kidladi.

Avvalroq, Belarusda davlat rahbari lavozimiga da’vogar Viktor Babariko hibsga olingan edi. U Belgazprombankning noqonuniy faoliyatini tashkillashtirishda gumon qilinmoqda. Belorus davlat nazorat qo‘mitasi rahbari Ivan Tertel Babarikoning noqonuniy faoliyati ortida Rossiyaning Gazprom shirkati turganligini aytdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан