Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






YeIning besh mamlakati Lukashenkoni prezident sifatida tan olishdan bosh tortdi
23.09.2020 18:32,  
429

Germaniya, Slovakiya, Litva, Latviya va Estoniya Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiyasidan so‘ng Belorusning qonuniy prezidenti sifatida tan olishdan bosh tortdi. Bu haqda Tut.by portali xabar beradi.

«Qanaqa maynabozchilik. Soxta saylovlar. Soxta inauguratsiya. Belorusning sobiq prezidenti sobiq bo‘lib qolmayapti», - dedi Litva tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichus.

Uning ta’kidlashicha, Lukashenkoning nolegitimligi keyinchalik yomon oqibatlarga olib keladi.

Estoniya TIV Urmas Reynsalu Belorus rahbari demokratiyaning barcha tamoyillariga zid ekanligini aytib, respublikada erkin va adolatli saylovlar o‘tkazishga chaqirdi.

Germaniya hukumati vakili Shteffen Zaybert ham Berlin Lukashenkoni inauguratsiyadan keyin ham Belarus prezidenti sifatida tan olmasligini aytdi.

23 sentyabrda Lukashenko "yashirincha" Belorus Prezidenti lavozimiga kirishdi. Inauguratsiya marosimi Minskdagi Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tdi.

O‘z navbatida, hozirda Litvada yashayotgan muxolifatchi Svetlana Tixanovskaya o‘zini "Belarus xalqining yagona saylangan yetakchisi" deb e’lon qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан