Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ekologiya qo‘mitasi hisobiga undirilgan 1mlrd 891,3 mln so‘m mablag‘ faqat qog‘ozdami?
13.12.2021 21:30,  
217

Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy ko‘chasida kesib tashlangan 81 ta daraxt voqeasi ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak.

O‘shanda, ya’ni 2020 yilning fevral oyida daraxt kesishga qarshi moratoriy talablariga zid ravishda ko‘p yillik, qimmatbaxo daraxtlarni kesib tashlagan «Building and Supplies» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Ommaviy axborot vositalari prokuratura ma’lumotlariga tayanib dastlabki tergovda ayblanuvchilardan 1 mlrd 891,3 mln so‘m zarar undirilganligini bildirgan. Ko‘pchilik qatori menga ushbu ishning yakuni nima bo‘lgani qiziq. 

Shu bois, Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasiga undirilgan 1 mlrd 891,3 mln so‘mni nimalarga ishlatishgani, Toshkent shahar prokuraturasiga esa jinoyat ishi nima bo‘lganini bilish maqsadida rasman murojaat yuborgandim.

Qiziq holat: Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasining bildirishicha, tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirilgan 1 mlrd 891,3 mln so‘m qo‘mitaga berilmagan va shu kunga qadar Toshkent shahar prokuraturasining depozit hisob raqamida saqlanmoqda.

Shuncha vaqt depozit hisob raqamida pulni ushlab turish to‘g‘rimi, degan savolga moliyachilardan javob olayapmiz.

Shu yilning 9 noyabrida yuborilgan murojaatimizga Toshkent shahar prokuraturasi hozircha javob bermadi. Menimcha murojaat chuqur o‘rganilayotgan bo‘lsa kerak.

Rasul Kusherbayev
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан