Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ekologiya qo‘mitasi Dengizko‘lga chiqindi suvlar oqizilayotgani haqidagi murojaatga munosabat bildirdi
23.07.2020 13:29,  
272

Sof.uz saytiga Buxoro viloyatidagi Dengizko‘l ko‘li bo‘yicha murojaat kelib tushgan edi. Unda aytilishicha, ko‘l yonida neft-gaz koni va tozalovchi separatorlar joylashgan. Ajralib chiqqan suvni to‘g‘ridan to‘g‘ri Dengizko‘lga oqizib qo‘yishgan.

Ma’lum qilinishicha, diametri kamida 50 smli quvurdan tushayotgan aralashma suvni sariq rangga bo‘yab, nihoyatda badbo‘y hid chiqaradi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi axborot xizmatining bizga ma’lum qilishicha, Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan Olot tumanining Somon tepa madanli konlaridan Dengizko‘l hududi orqali Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan yangi gaz quvurini montaj ishlari amalga oshirilgan.

Ushbu davrda quvurlarning germetikligini ta’minlash maqsadida 3300 m3 suvdan foydalanib, sinov Gidrosinovdan o‘tkazish davrida hosil bo‘lgan oqova suvlar joy relefiga oqizilgan va quvurlar ichidagi chang, qum, zang, qoldiqlari chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi.

Boshqarmaning analitik laboratoriya mutaxassislari olingan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.10. 2018. yildagi 820-sonli qarorining 4-bob 18-bandi 5-ilovasiga muvofiq Gidrosinov o‘tkazilgandan keyin hosil bo‘lgan oqova suvlarni Dengizko‘lga oqizganligi uchun qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovlari hisoblandi.

Hisob kitoblarga ko‘ra 2943 600 so‘m miqdorida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2-chorak yuzasidan hisobotiga kompesatsiya to‘lov qo‘shimcha to‘lab berish majburiyati yuklab berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан