Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ekspert: Valyutafurushlarni qonuniylashtirish qora bozorni yo‘q qiladi
30.07.2019 21:51,  
20

Moskva davlat universiteti iqtisodiy fakultetining iqtisodiy siyosat tadqiqot markazi direktori, iqtisodiy fanlar nomzodi Oleg Buklemishev O‘zbekiston valyuta rejimining liberalizatsiyasi qora bozorga qanday ta’sir qiladi degan savol yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi, Bank-moliya akademiyasining xodimi Dilshod Rahmonov valyutafurushlarning faoliyatini qonuniylashtirishni taklif qilgandi.

Deputat bu tashabbus bilan partiyaning saylovoldi dasturini muhokama qilish jarayonida o‘rtoqlashdi.

Rahmonov valyutafurushlarning maqomini o‘zgartirish hisobiga jinoyatchilik soni kamaygan davlatlarni misol sifatida ko‘rsatib o‘tdi.

Oleg Buklemishev valyuta rejimini liberalitsiyasi qora bozorni yo‘q qilish uchun eng yaxshi chora deb hisoblaydi.

Bunday tajriba ko‘plab xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilgan. Bu mamlakatlar hududida qora bozorlar umuman yo‘q, chunki u yerda valyuta faoliyati qonuniy tartibda amalga oshiriladi.  

Bundan tashqari, bu tashabbusni qisqa vaqt ichida amalga oshirish mumkin. Shunda milliy valyuta mustahkamlanadi, fuqarolar esa o‘z mablag‘larini unda xotirjam saqlaydi. Aks holda hech qanday taqiqlovchi choralar noqonuniy valyuta operatsiyalarini yo‘q qilishga yordam bermaydi.

2017 yil valyuta islohotidan keyin Markaziy bank valyuta bozordagi holatni barqarorlashtirishga erishdi, biroq milliy valyuta jahon valyutalarga nisbatan o‘z pozitsiyalarini yo‘qotmoqda. Biroq kursdagi o‘zgarishlar mavsumiy bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан