Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ekstremizm, so‘kinish, narkotik savdosiga targ‘ib va boshqa qonunga zid izohlar nazorat qilinadi. Sayt va blogerlar bunday izohlarni o‘chirishi shart bo‘ladi
24.12.2020 19:39,  
341

Internet OAV vakillari va blogerlar veb-sahifalariga qonunga zid sharhlar yozilganda ularni aniqlash va zudlik bilan o‘chirib yuborish tartibi qonun bilan tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasining «Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 5 sentyabrdagi 707-son qaroriga qo‘shimchalar kiritildi. Hukumatning 23 dekabrdagi 807-sonli qarori bilan veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shuningdek, blogerga O‘zbekiston qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibi tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, tartibning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish imkoni mavjud bo‘lgan axborot resurslariga nisbatan tatbiq etiladi.

Tartibga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan axborot resurslarida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlar aniqlanganda Markaz tomonidan 24 soatdan kechiktirmasdan axborot resurslari egasi, shuningdek, blogerga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlarni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

Xabarnoma Markazning rasmiy axborot resurslari (elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlardagi rasmiy sahifa) orqali elektron shaklda yuboriladi. Unda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot joylashtirilgan axborot resursining nomi, axborot joylashtirilgan sana ko‘rsatiladi, taqiqlangan axborotga havola va uning ekrandagi tasviri nusxasi ilova qilinadi, shuningdek, qo‘shimcha ravishda ushbu axborotni tarqatish uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilishi mumkin.

Axborot resursi egasi (bloger) xabarnomani olgan vaqtdan boshlab 24 soatdan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotni olib tashlashi, shuningdek, bu to‘g‘risida Markazni uning rasmiy axborot resurslari orqali elektron shaklda yoki qog‘oz shaklida xabardor qilishi lozim.

Agar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot ushbu tartibning 6-bandida ko‘rsatilgan muddatda axborot resursi egasi tomonidan olib tashlanmasa, u holda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ushbu axborotni olib tashlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot joylashtirilgan ijtimoiy tarmoq yoki messenjer ma’muriga yoki da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilinishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан