Janubiy Amerikadagi Ekvador davlati poytaxti Kito shahrida tinimsiz yoqqan yomg‘irlar bois suv toshqinlari ro‘y berdi. Buning oqibatida 11 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda Favqulodda holatlar va xatarlarni boshqarish milliy xizmati Twitter sahifasida.
Bundan tashqari, 32 kishi jabrlangan. Shaharda 2003 yilda buyon ilk marotaba rekord darajada yog‘ingarchilik qayd qilingan. Qutqaruvchilar poytaxtning tabiiy ofatdan jabrlangan hududlarida faoliyat olib borayotgani aytilmoqda. Shuningdek, elektr energiyasi ta’minotini tiklash va ko‘chalarni tozalash ishlari olib borilmoqda.