Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Barselona» «El-Klasiko»da mag‘lubiyatga uchrab, peshqadamlikni boy berdi (video)
2.03.2020 09:40,  
333

Ispaniya La Ligasi 26-turi doirasidagi markaziy o‘yinda “Real” Madridda “Barselona”ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. “Santyago Bernabeu” stadionida kechgan uchrashuvning dastlabki bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tib, darvozabonlarning ishonchli o‘yini bilan yodda qoldi.

Ikkinchi bo‘lim esa mezbonlarning hujumlari ostida o‘tdi, deyish mumkin. Madridliklar maydon markazida ustunlik qilib, qanotlar orqali hujumlarni to‘xtatishmadi. Nihoyat, 71-daqiqada Toni Kroosning ajoyib uzatmasidan keyin Vinisius o‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, zarba yo‘lladi – to‘p Pikega tegib ter Shtegen darvozasidan joy oldi – 1:0.

O‘yin minimal hisobda yakunlanishi arafasida Zidan Marianoni maydonga tushirdi. 90+1-daqiqada maydonga tushgan Mariano so‘nggi daqiqada o‘z goli bilan “Real”ga ishonchli g‘alabani taqdim etdi – 2:0. Natijada “Real” turnir jadvalida ochkolar sonini 56taga yetkazib, 1-o‘ringa chiqib oldi. “Barselona” esa 55ta ochko bilan 2-o‘ringa tushdi.

Real Madrid – Barselona 2:0

Gollar: 1:0 – 71 Vinisius Junior, 2:0 – 90+2 Mariano.

Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (10), Karvaxal (19), Alba (19).

La Liga. Turnir jadvali
Foto: tribuna.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан