Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eldor Shomurodov A Seriya tur ramziy jamoasidan joy oldi
18.05.2021 19:14,  
562

«Jenoa» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiyaning football.kulichki.net sayti tomonidan Italiya A Seriyasi 37-turi ramziy jamoasiga kiritildi.

A Seriya 37-turi doirasida Genuyada «Atalanta»ga qarshi maydonga tushgan «Jenoa» jamoasi birinchi bo‘limdan keyin 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotgan edi. Mezbonlar bosh murabbiyi Davide Ballardini ikkinchi bo‘limda Eldor Shomurodovni maydonga tushirgach, o‘zbekistonlik hujumchi «Atalanta» darvozasini ikki bor nishonga olib, o‘yinning 3:4 hisobida yakunlanishiga sabab bo‘ldi.

A Seriyada 2-o‘rinda borayotgan «Atalanta» bilan bahsda Italiyadagi ilk dublini nishonlagan Shomurodov Rossiyaning football.kulichki.net sayti talqiniga ko‘ra, 37-tur ramziy jamoasiga kiritildi. 

Qayd etish lozim, O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi Italiyadagi faoliyati davomida ilk marta A Seriya ramziy jamoasiga kiritildi.

Italiya A Seriyasi 37-tur ramziy jamoasi (football.kulichki.net talqiniga ko‘ra):
Darvozabon: Janluidji DONNARUMMA (Milan)
Himoyachilar: Diyego GODIN (Kalyari), Janluka MANChINI (Roma), Omar KOLLI (Sampdoriya), Xuan KUADRADO (Yuventus)

Yarimhimoyachilar: Ebrima DARBO (Roma), Jeremi BOGA (Sassuolo), Ruslan MALINOVSKIY (Atalanta)

Hujumchilar: Lorenso INSINE (Napoli), Eldor ShOMURODOV (Jenoa), M’Bala NZOLA (Spetsiya).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан