Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eldor Shomurodov haqida rus mutaxassislari nima demoqda?
10.01.2021 00:56,  
930

     "Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin “Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodovning “Yuventus”ga oʻtishi mumkinligini izohladi: Agar bu rost boʻlsa, Eldor nega oʻtmasligi kerak? Boʻridan qoʻrqqan – oʻrmonda yurmaydi», - deydi Karpin “Sport Espress” muxbiri bilan suhbatda.                                                                             Futbol insayderi Nobel Arustamyan Italiya matbuotida yuzaga kelgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning "Yuventus"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabatini bildirdi.  "Shomurodov haqidagi mish-mishlarga ishonasizlarmi? Birinchidan manba "Tuttosport" gazetasi, afsuski u Italiyada eng obro‘siz nashrlardan biri hisoblanadi. Ko‘pincha tekshirilmagan ma’lumotlarni beradi va xatoga yo‘l qo‘yadi. Boshqa tomondan esa bu Turin OAVi. Eldor "Jenoa"da yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Uning Genuyaga kelganiga ko‘p bo‘lmadi, atigi ikkita gol urdi. Lekin yaqinda kelganiga qaramasdan jamoaning eng yaxshi hujumchisiga aylandi. Menimcha Shomurodovning "Yuventus"da paydo bo‘lib qolishi fitna. Sabr qiling va kuzatishda davom eting. Klub atrofida hali boshqa ismlar paydo bo‘ladi"-deya o‘z fikrini yakunlagan futbol mutaxassisi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан