Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eldor Shomurodov “Jenoa”ga endi kerak emasmi?
10.02.2021 08:41,  
1504

Davide Ballardini kelganidan keyin “Jenoa”ning ishlari yurishib ketdi. Jamoa so‘nggi o‘yinlarda ochko jamg‘arish bo‘yicha faqat chempion “Yuventus”dan orqada, kam gol o‘tkazish bo‘yicha esa A Seriyada yetakchi bo‘lib turibdi.

Biz uchun kuchli beshlik chempionatlarida debyut mavsumini o‘tkazayotgan Eldor Shomurodov avvalgi bosh murabbiy Rolando Maran davrida ham, jamoa boshqaruvini Davide Ballardini olib borayotgan vaziyatda ham asosiy tarkib o‘yinchisi ekanini isbotlab qo‘ygani muhim.

Ayni paytda Eldor Shomurodov 13 fevral kuni safarda “Torino”ga qarshi bo‘ladigan navbatdagi o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Biroq, o‘zbek legioneri avvalgi turda yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Napoli”ga qarshi o‘tkazilgan g‘alabali bahsda kichik jarohat tufayli maydonga tushmagan edi.

“Jenoa” muxlislari Shomurodovning jamoa o‘yiniga ta’sirini ikki xil baholamoqda. Bir guruh muxlislar Shomurodov “Jenoa”ga katta foyda keltirayotganini ta’kidlasa, ayrimlari Eldorga ishonch bildirishga shoshilmayapti.

E’tiboringizga, genuyalik futbol ishqibozlarining ijtimoiy tarmoqlarda bildirayotgan Shomurodov haqidagi bizga yoqadigan va yoqmaydigan fikrlarini havola etishga qaror qildik.

Gabriele Bertini:
Meni jarohat olgan Mixa Zaysning ahvoli ko‘proq tashvishga solyapti. Eldor esa, ortiqcha baho berilgan futbolchi. U jamoamizni kuchaytira olgani yo‘q. Zays esa, borgan sari yaxshi o‘yin namoyish qilyapti.

Lorenzo Campoli:
“Napoli”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv biz maqtalgan o‘zbek fubolchisisiz ham o‘ynay olishimizni ko‘rsatdi.

Riccardo Ravignani:
Shomurodovning tezroq oyoqqa turishini istaymiz. E’tirof etish kerakki, u kam gol urayotganiga qaramay, haqiqatan ham, juda foydali o‘yinchi. Tartib-intizom va mehnatsevarlik uning asosiy ustunliklari. Bu doim ko‘rinib turadi.

Lorenzo Bruscoli:
Pandev ikkita gol urdi, Destro A Seriyaning yanvar oyidagi eng yaxshi hujumchisi bo‘ldi. Menimcha, buyog‘iga Shomurodovsiz ham o‘ynay olamiz. Ustiga-ustak Eldorning o‘yinida pasayish kuzatilyapti.

Tony Sarnano:
Mana jarohatlar ham boshlandi. O‘zbek futbolchisidan umidimiz katta.

Vito Carella:
Qariya Pandev “Napoli” bilan bo‘lgan birgina o‘yinda “o‘zbek Messisi” yarim yilda urganchalik gol kiritdi. Menimcha, Shomurodovning transferi xato bo‘ldi.

Simone Bozzi:
Ayrimlar Eldorning kuchiga yetarlicha baho bermayapti. Siz e’tibor bilan bir qarang, Shomurodov jarohat olib, safdan chiqqanidan keyin Mattia Destro ham gol urishdan to‘xtadi. Men o‘zbek futbolchisi bizning asosiy hujumchimiz bo‘lgan Destroga juda katta yordam berayotganini doim ta’kidlab kelganman.

Andrea Critiano:
Zays va Shomurodov “Torino” bilan bo‘ladigan o‘yingacha safga qaytishiga umid qilamiz. Bizni yengish qiyin bo‘lgan raqib bilan muhim va jiddiy o‘yin kutmoqda.

Darhaqiqat, italiyalik talabchan va sinchkov muxlislar Eldor Shomurodovning o‘yini turlicha baholamoqda. Biroq, “Jenoa” rahbariyati va murabbiylarining o‘zbek hujumchisi haqidagi xulosalari ijobiy. Buni klub prezidenti va bosh murabbiyning Italiya ommaviy axborot vositalarida Eldor haqida bildirgan fikrlaridan bilib olish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан