Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eldor Shomurodov: «O‘zbekistonda Yevropada o‘ynashga munosib iqtidorlar ko‘p
16.01.2021 19:25,  
382

«Jenoa» klubi hamda O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyadagi faoliyati bilan o‘zbekistonlik futbolchilarga Yevropa sari yo‘l ochishni istayotgani haqida gapirdi.«Jenoa»ga o‘tishga rozilik berganimdayoq, Italiyada qanday qiyinchiliklarga duch kelishimni juda yaxshi tushunganman.

Oldimda o‘zimni ko‘rsatish uchun faqat bitta yo‘l bor edi – tinimsiz mehnat qilish.O‘zbekistonda Yevropada to‘p surishga munosib bo‘lgan o‘yinchilar ko‘p. Ehtimol, «Jenoa»dagi o‘yinlarim ularning ham bu yerga kelishlariga yordam berar. Shaxsan o‘zim ham shuni istayman. Bugungi kunda bu men uchun eng muhimi», - deydi Shomurodov La Gazzetta dello Sport bilan suhbatda.

Avvalroq, TuttoSport nashri Eldor Shomurodov A Seriyaning amaldagi chempioni «Yuventus» safiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Ammo «Jenoa» prezidenti Enriko Presiozi esa «Yuve» rahbariyati bilan yaxshi aloqada ekanligiga qaramay, o‘zbekistonlik forvardni mavsum yakunigacha hech qayerga qo‘yib yubormoqchi emas.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik 25 yoshli forvard o‘tgan mavsumda 7,5 million yevro evaziga «Rostov»dan «Jenoa»ga o‘tgandi. Eldor Italiya A Seriyasi joriy mavsumida 11 o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assistga mualliflik qilgan. 25 yoshli forvard so‘nggi uch o‘yinda jamoasining eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi. Futbolchining genuyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan-deya yozmoqda Tribuna.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан