Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eldor Shomurodov "Yuventus"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
22.03.2021 21:16,  
597

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi. Ushbu yig‘inga bosh murabbiy aksariyat legionerlarimizni chaqirib, asosiy tarkibni shakllantirishga harakat qilmoqda.

Italiyaning "Jenoa" klubi sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov ham yurtimizga yetib keldi. Shu fursatdan foydalanib, O‘FA matbuot xizmati hujumchimiz bilan intervyu uyushtirdi. Quyida ushbu suhbatning bir qismini e’tiboringizga havola etamiz.

-Barchamizga ma’lumki, sizga "Yuventus"dan kichik qiziqish paydo bo‘lgan. Aytingchi, hozirgi holatingizda top klubga o‘tish vaqti keldimi?

"Hayot juda tez o‘tadi. Menimcha, imkon bo‘lishi bilan undan foydalanish lozim. Men raqobatdan hech qachon qo‘rqmaganman. Kuchli jamoaga o‘tgandan keyin zaxira o‘rindig‘iga o‘tirib qolishdan qo‘rqish notg‘o‘ri deb hisoblayman. Nafaqat "Yuventus", balki istalgan top klubdan taklif tushsa, qabul qilishga tayyorman.

-"Rostov"da o‘ynab yurgan paytlaringizda, sizga nemis klublaridan takliflar borligi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. O‘zi "Jenoa"ni tanlashingizda qaysi jihat eng katta rol o‘ynagan?

"Agentlarim bilan gaplashgan paytimda, ular menga "Jenoa"ning afzalliklari haqida aytib bergan edi. Birinchi navbatda, ular ko‘p huhumchilar yetishtirib bergan va katta klublarga transfer qilgan. Ikkinchidan, ular yaxshi futbolchini uzoq vaqt davomida ushlab turmaydi. Yaxshi variant chiqdimi, darhol qo‘yib yuborishadi. Shuningdek, Genuyada futbolga qiziqish yuqori darajada. Birgina "Sampdoriya" - "Jenoa" derbisining o‘zi Italiyaning eng tarixiy derbilaridan biri sanaladi".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан