Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushib gol urgan o‘yinda «Jenoa» mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
21.02.2021 00:26,  
363

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 23-turidan o‘rin olgan bir qator bahslar 20 fevral, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Eldor Shomurodovning jamoasi — «Jenoa» o‘z uyida «Verona»ni qabul qildi. Bellashuvning 17-daqiqasida Ivan Ilich mehmonlarning birinchi golini urdi.

O‘zbekistonlik futbolchi ikkinchi bo‘limning boshida zaxiradan maydonga tushdi va uch daqiqa o‘tib, 48-daqiqada hisobni tenglashtirdi. 61-daqiqada Davide Faraone «Verona»ni yana hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Milan Badel chiroyli gol bilan muvozanatni tikladi.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng genuyaliklar 26 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. «Verona» esa 34 ochko to‘plagan holda 8-o‘rinda qayd etilgan.

«Jenoa»—«Verona» 2:2

Gollar: 0:1 – 17 Ilich, 1:1 – 48 Shomurodov, 1:2 – 61 Faraoni, 2:2 – 90+4 Badel.

«Jenoa»: Perin, Chiborra (Pellegrini, 46), Masello, Krishito, Zappakosta, Badel, Radovanovich, Zays (Shomurodov, 46), Strotman (Pandev, 67), Pyasa (Rovella, 55), Destro (Skamakka, 67).

«Verona»: Silvestri, Gyunter, Lovato (Chetin, 46), Manyani, Faraoni (Ronaldu Viyeyra, 68), Tamez (Sturaro, 90), Lazovich, Zakkanyi (Bessa, 82), Ilich (Velozu, 82), Barak, Lazanya.

Ogohlantirishlar: Strotman (57), Chetin (74).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан