Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Elektr energiyasida kuzatilayotgan ko‘plab uzilishlar bo‘yicha bayonot berildi
6.01.2021 10:17,  
267

Elektr energiyasida kuzatilayotgan ko‘plab uzilishlar bo‘yicha bayonot berildi

Energetika vazirligining xabar berishicha, Markaziy Osiyo va Qozog‘istonni bog‘lovchi yagona energetik tizimining elektr uzatish tarmoqlarida rejadan tashqari sodir bo‘lgan uzilishlar sababli avariyaga qarshi avtomatika ishlagan.

Energetik qurilmalarga shikast yetmaslik uchun uskunaning texnologik himoyasi avtomatik ravishda ishlagan va ayrim  elektr stansiyalardagi energobloklar o‘chirildi. Xususan:

To‘raqo‘rg‘on IESda quvvati 750 MVt dan 500 MVt gacha,

Taxiatosh IESda 280 MVt dan 150 MVt gacha,

Navoiy IESda 450 MVt dan 230 MVt gacha,

Toshkent IESda 370 MVt dan 180 MVt gacha quvvat kamaygan.

Shuningdek, Talimarjon IESning umumiy quvvati 900 MVt bo‘lgan ikkita BGQlari o‘chirildi.

Ayni paytda Talimarjon IESda qurilmalarni ishga tushirish jarayoni amalga oshirilmoqda, qolgan elektr stansiyalarda ish rejimi qayta tiklangan.

Mazkur o‘chish holatning sabablari o‘rganilmoqda.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, - deyiladi vazirlik bayonotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан