Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Elektr tarmoqlari” bosh hisobchisi bloger ayolni kaltakladi: IIB tekshiruv boshladi
23.11.2021 13:41,  
181

Andijonda bloger Fatima Jo‘rayeva kaltaklanganligi haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 22 noyabr kuni bloger Fatima Jo‘rayeva Ulug‘nor tumani IIBga murojaat qildi. Unda tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh hisobchisidan o‘zi huquqshunos sifatida ishlab kelayotgan fermer xo‘jaligiga elektr energiyasidan qarzdorlikni sun’iy ravishda oshirilganligi bo‘yicha tegishli hujjatlarni berishini talab qilganligini bildirdi.

Korxona bosh hisobchisi unga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni haqorat qilib qo‘li bilan uni yuziga urganligini va qo‘l telefonini sindirib yuborganligini bayon qilib, aybdor korxona xodimlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘radi.

IIB tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda. F.Jo‘rayevaning olgan tan jarohatlarini og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан