Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Elektron sigaretalar chekishni tashlashga yordam berishi haqidagi xabarlar asossiz
11.11.2021 09:05,  
64

Elektron sigareta (veyp) chekish odatiy sigaretalar kabi o‘pka, yurak qon-tomir tizimi kasalliklari, immunitet sustlashishiga sabab bo‘lishi, ayniqsa, bu mahsulot markaziy asab tizimiga salbiy ta’sir etib, chekuvchida qaramlikni keltirib chiqaradi. Ammo bu haqda qancha ko‘p ta’kidlanmasin,  elektron sigaretalarning foydali ekani to‘g‘risidagi gaplar kamaymayapti.

Yaqinda internet tarmog‘ida e’lon qilingan “Oddiy sigaretalardan elektron sigaretaga o‘tganda ko‘p uchraydigan 6 xato” deb nomlangan maqola  xuddi shu mazmunda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligining tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha bosh konsultanti, tibbiyot fanlari nomzodi Shuhrat ShUKUROV ushbu materialda  keltirilgan fikrlarga Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga asoslangan holda qarshi dalillar keltirdi. Quyida elektron sigareta chekishga o‘tish bo‘yicha berilgan “tavsiyalar”ni rad etuvchi  tibbiy asoslarga ega dalillar aks etgan:

Eng dastlabki xato shuki, oddiy sigareta chekishdan elektron turdagisiga o‘tgandan keyin ayrimlar “avval har ikkala sigaretani ham chekish kerak, chunki nikotinni qabul qilishning yangi usuliga o‘rganishi uchun organizmga vaqt zarur”, deb fikr bildirmoqda, — deydi Sh. Shukurov.

Aslida esa elektron sigaretalarni ham, oddiy sigaretalarni ham birga chekish yanada ko‘proq zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday holatlarda nafas olish a’zolari va yurak-tomir kasalliklari xavfi ikki barobar oshadi.

Ikkinchi “tavsiya” esa quyidagicha: “Har xil sigaretalardan olinadigan hissiyotlar mutlaqo har xil bo‘ladi. Asta-sekin zararsizroq sigaretalarga o‘tayotganda bunday eksperimentlarni qo‘llash mumkin”.

Aytish lozimki, “zararsiz sigaretalar”ning o‘zi yo‘q, chunki hammasida nikotin va kanserogen moddalari bo‘ladi. Nikotin juda kuchli qaramlikni keltirib chiqaradi, ayniqsa, hali yaxshi shakllanmagan markaziy asab tizimi bu moddaga tezroq o‘rganadi, markaziy asab tizimining shakllanishi esa taxminan 25 yoshgacha davom etadi. Elektron sigaretalarni chekish yurak-tomir va o‘pka kasalliklari xavfini oshiradi. 

Tamaki sanoatining quyidagi fikriga e’tibor bering: “Bu turdagi sigaretalar xarid qilishda tejamkorlik yaramaydi. Arzonlari sog‘liqqa kuchliroq zarar yetkazadi, chunki bunday mahsulot ishlab chiqaruvchilar ehtiyot qismlar, nikotin, xushbo‘y hid taratuvchi moddalar (aromatizator) va hokazolarni tejab qo‘llaydi. Juda ko‘p hollarda arzon elektron veyplar ishonchni  oqlamaydi”.

Mutaxassis sifatida fikrim shuki, har qanday narx toifasidagi elektron sigaretalar sog‘liqqa zarar yetkazadi. Bunda, elektron sigaretalardan ajralayotgan zaharli moddalar miqdori ba’zan tamaki tutuniga qaraganda ancha yuqori darajaga yetadi. 

Bir qator metallar, shu jumladan qo‘rg‘oshin, xrom va nikel, shuningdek, ba’zi bir elektron sigaretalar aerozollarida formaldegid miqdori oddiy sigaretalardagiga teng yoki undan ham yuqoriligi aniqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан