Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Elektrsizlik: Havoga sovurilgan vaqt va mablag‘
5.12.2019 20:16,  
961

Kecha Termizdagi Davlat xizmatlari agentligiga borgandim.

Ko‘rkam bino, ichki dizayni, jihozlari juda chiroyli. Xodimlari yaxshi muomalada. Ularning xizmatini baholash uchun ham, navbat uchun ham elektron tablolar qo‘yilgan.

Faqat soat 9dan to 12:20gacha elektr bo‘lmadi. Xizmat ko‘rsatish to‘xtadi, odamlar kutib o‘tirdi. Ikki soatdan ortiq vaqt bekor ketdi.

Aslida butun O‘zbekistonda holat shunday, faqat Termizda emas. Aholi bilan ishlovchi davlat tashkilotlarining hammasida elektr uziladi: bank, soliq, notarius, dispanser, sabes vhkz.

Tashkilotda, deylik, yigirmata xodim ishlasa va har biri soatiga 15 ming so‘mlik davlatga naf keltirsa, ikki soat ichida olti yuz ming so‘mlik xizmat ko‘rsatilmadi. Bu shuncha mablag‘ havoga uchdi degani. Agar har kuni elektr ikki soatdan o‘chsa, bir oyda qariyb o‘n olti million so‘m shamolga sovurildi. Vaqt bu puldir.

Biz o‘zimizni xuddi elektri bordek tutamiz, binolar qurishda, jihozlar olishda elektr uzilishini hisobga olmaymiz. Vaholanki, energetika taqchilligi faqat xonadonlarni isitishi va yoritishida aks etmayapti. U davlat ishlariga ham milliardlab so‘m zarar keltiryapti.

Taklif o‘rnida: davlat tashkilotlarini qurishda va jihozlashda iste’mol miqdoriga qarab elektrogenerator ham ajratish zarur. 15-16 kVtli generator bir soatda ko‘pi bilan 2 litr yonilg‘i sarflaydi. Tovushi past generatorlar bor, aholi zich joyda ishlatsa bo‘ladi. Bu qimmat emas, ammo davlatning juda ko‘p mablag‘ini iqtisod qilishi mumkin. Elektr ikki-uch yilda yaxshi bo‘lib ketmaydi, baribir. (O‘ylaymanki, ekologlarimiz davlat va aholi manfaati uchun uning tutunidan ko‘z yumadilar)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан