Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Emizikli onalar uchun O‘zbekiston bo‘ylab maxsus joylar ajratiladi
3.04.2019 19:20,  
8

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2 aprel kuni bo‘lib o‘tgan majlisida «Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilingan.

Qonun loyihasida go‘daklarni ona suti bilan boqishni targ‘ib etish, shuningdek, bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yiladigan talablar, ularga rioya etish chora-tadbirlari, sertifikatlash masalasi hamda ushbu sohada tibbiyot xodimlarining o‘rni va vazifalari belgilab qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, sohani davlat tomonidan tartibga solish, unda Vazirlar Mahkamasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining vakolatlari ham aniqlashtirilmoqda, deya xabar berdi O‘zA. 

«Eng muhimi, qonun loyihasida go‘daklar, kichik yoshdagi bolalar bilan birga onalar bo‘lishi mumkin bo‘lgan tibbiyot muassasalarida, shuningdek, boshqa tashkilotlarda, jamoat joylarida tegishli sanitariya qoidalari va gigiyenik normativlarga javob beradigan go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarni emizishga mos bo‘lgan maxsus ajratilgan joylar tashkil etilishi nazarda tutilmoqda», — deyilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborotida.

Deputatlarning qayd etishicha, ushbu qonun loyihasi O‘zbekistonda «sog‘lom nasl va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan qator tadbirlarning mantiqiy davomi va qonuniy asosi bo‘lib xizmat qiladi».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан