Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Emlangan ona COVID-19 qarshi antitanachaga ega chaqaloqni dunyoga keltirdi
17.03.2021 18:26,  
324

Homiladorlik paytida koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini olgan amerikalik tibbiyot xodimasi COVID-19ga qarshi antinachaga ega chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqida UzA xabar bermoqda.

Pediatrlar Pol Gilbert va Chad Rudnikning ta’kidlashicha, Palm-Bich okrugi tibbiy xizmatchisi COVID-19ga qarshi Moderna vaksinasining birinchi dozasini homilalikning 36 chi haftasida olgan. Uch hafta o‘tgach, yanvar oyining so‘nggi kunlarida qizaloq dunyoga keldi. Shundan so‘ng mutaxassislar go‘dak qonidan tahlil olishgan.

Aniqlanishicha, chaqaloqda COVID-19 ga qarshi antitanacha mavjud ekan.

"Bu emlashdan keyin antitanacha bilan tug‘ilgan dunyodagi birinchi bola bo‘ldi", – dedi Gilbert.  

Pediatr Rudnikning ta’kidlashicha, yaqin oylarda onalari emlangan ming-minglab chaqaloqlar dunyoga keladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан