Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Emlanganlik haqidagi SMS-xabarlar yuborishdagi yanglishmovchiliklarga nima sabab bo‘layotgani ochiqlandi
14.09.2021 20:58,  
218

Yurtimizda koronavirusga qarshi emlash jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Bu jarayonda ko‘pchilikda emlash bilan bog‘liq turli savollar paydo bo‘lmoqda.

Shu kabi savollarga javob olish maqsadida CCV Matbuot xizmati vazirlik tasarrufidagi IT-Med korxonasi xodimi Shohrux Qurbonovga murojaat qildi:

— Emlash jarayonlariga jalb qilingan fuqarolarning ma’lumotlari yagona elektron bazaga jamlanishi borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

— Buning uchun ishga tushirilgan emlash.uz platformasi orqali har bir emlash punktida vaksina olgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlar yagona tizimga kiritib borilmoqda.

Vaksinaning har bir dozasini yuborishdan oldin, tibbiyot xodimi emlanayotgan fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari va faol telefon raqamini yozib oladi. Oilaviy poliklinikalardagi mas’ul xodimlar ushbu ma’lumotlarni emlash.uz saytidagi umumiy ma’lumotlar bazasiga kiritadi.

Fuqaro birinchi va ikkinchi dozani olganidan so‘ng unga SMS-xabar yuboriladi.

SMS-xabarda emlangan shaxsning ismi va familiyasi, shuningdek, vaksina olgan sanasi hamda keyingi dozani olish bo‘yicha tavsiya etilgan sana haqida ma’lumot bo‘ladi.

Agar fuqaro to‘liq emlangan bo‘lsa, unda xabarda sertifikatga havola ham mavjud bo‘ladi.

— Aholi orasida ana shu SMS-xabar bilan bog‘liq turli tushunmovchiliklar kelib chiqmoqda. Bunday holatlar yuz berishiga nima sabab bo‘lmoqda?

— Kimgadir emlangani haqidagi SMS-xabar kelib tushadi, lekin u emlanmagan bo‘ladi. Yoki kimningdir raqamiga boshqa bir fuqaroning emlangani haqida xabar keladi. Bundan ham hayron qolarlisi, hatto vafot etgan odamga emlanganlik xabari kelgan holatlar ham bor.

Tizim elektron bo‘lgani bilan unda inson omili ishtirok etadi. Hozirda emlangan fuqarolarning ma’lumotlarini tizimga kiritayotgan tibbiyot xodimi katta hajmdagi informatsiya bilan ishlashiga to‘g‘ri kelmoqda.

Fuqarolarga emlash brigadasi xodimi jurnal yoki kompyuterga pasport ma’lumotlari va telefon raqamini to‘g‘ri kiritayotganligiga e’tibor qaratish tavsiya etiladi.

Ba’zi emlash punktlarida ma’lumotlar qog‘oz jurnallarga kiritilganligi bois, ma’lumotlar bazasini to‘ldiradigan tibbiyot xodimining xato qilish ehtimoli mavjud.

Misol uchun, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l tumanida yashagan B.Yo‘lchiyev nomiga vaksinaning birinchi dozasini olgani haqida SMS-xabar kelgani, lekin bu inson vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bunda o‘sha hududga biriktirilgan tibbiyot xodimi emlanganlik haqidagi ma’lumotlarni tizimga kiritishda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkin.

Chunki hudud aholisi haqidagi ma’lumotlar oilaviy shifokor punkti qaydnomalarida mavjud bo‘ladi. Emlash holatlarini ro‘yxatga olishda fuqarllarning pasport seriyalaridan foydalaniladi. Ayrim holatlarda ushbu pasport seriyalari xato bo‘lishi yoki boshqa fuqaroga tegishli seriyalar bilan kiritish holatlari uchraydi.

Yuqoridagi holatda adashib kiritilgan pasport seriyasi tufayli vafot etgan fuqaro nomiga SMS-xabar borgan.

Boshqa odamga xabar borishi masalasiga kelsak, fuqaroning telefon raqamini kiritishda xatolikka yo‘l qo‘yish holatlari uchrab turibdi.

Bunday holatlarning oldini olish uchun, eng avvalo, tibbiyot xodimlari o‘z ishlariga mas’uliyatli bo‘lishi, tizim imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishlari barobarida fuqarolalardan ham o‘z telefon raqamlarini emlash hamshirasiga to‘g‘ri aytganiga ishonch hosil qilib olishlarini so‘rab qolamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан