Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Emlash mamlakati"da nima gaplar?
5.03.2021 14:38,  
241

Isroil hukumati mart oyining oxiriga qadar butun aholisini COVID-19ga qarshi emlashni rejalashtirmoqda.

Tez va samarali COVID-19 emlash kampaniyasi bilan Isroil virusni yenggan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi. Bu haqida Bosh vazir Benyamin Netanyaxu aytib o‘tdi, deya xabar beradi 4-mart kuni The Times Of Israel.

Ta’kidlanishicha, hukumat rahbari Amerika televizion kanaliga "yashil KOVID pasportlari" haqida intervyu bergan.

Isroil "toj"dan chiqqan dunyodagi birinchi mamlakat. Ushbu yashil pasport bilan siz restoranlar, teatrlar, sport tadbirlariga borishingiz mumkin.

Unga ko‘ra, Isroil hukumati mamlakatning barcha aholisini shu oyning oxiriga qadar koronavirusga qarshi emlashni va aprel oyigacha chegaralarini to‘liq ochishni rejalashtirmoqda.

"Ilgari Isroil startaplar mamlakati sifatida tanilgan edi. Bundan buyon u "emlash mamlakati" deb ham nomlanadi. Biz dunyoga namuna ko‘rsatayapmiz, bundan juda faxrlanamiz", deb ta’kidladi bosh vazir.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil hukumati COVID-19 yoki virusdan omon qolganlarga qarshi emlash mumkin bo‘lgan "yashil pasport"ni taqdim etgandi.  Birinchi hujjatlar 21 fevralda chiqarila boshlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан