Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Emomali Rahmon 90,9% ovoz bilan Tojikiston prezidentligiga qayta saylandi
12.10.2020 12:50,  
156

Tojikistonning amaldagi prezidenti 68 yoshli Emomali Rahmon prezidentlik saylovlarida 90,9% ovoz bilan g‘alaba qozongan. Bu haqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi. G‘alaba qozonish uchun saylovchilarning 50% ovozini to‘plash yetarli. Janob Rahmon 1994 yildan beri prezidentlik postida.

Tojikistonda prezident saylovlari 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi. MSK ularni haqiqiy deb topdi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning yakuniy ishtiroki 85,39% ni tashkil etdi.

Manba: Sputnik Tojikiston

Emomali Rahmon ilgari to‘rtta prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan: 1994 yilda (59,5%), 1999 yilda (97,6%), 2006 yilda (79,3%) va 2013 yilda (83,9%).

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tojik hamkasbining g‘alabasi bilan tabrikladi. Telefon orqali qilingan muloqotda "Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini ishonchli g‘alabasi bilan tabriklab, unga birodar tojik halqi farovonligi va ravnaqi yo‘lidagi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan".

Tojikiston prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, Rahmonni saylovlardagi g‘alabasi bilan Belarus Prezidenti (!) Aleksandr Lukashekno hamda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev tabriklagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан