Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi aralashmasa bo‘lmaydi — Nyu-York “Markaziy banki” fond bozorlari uchun $1,5 trln chiqaradi
14.03.2020 10:06,  
565

Nyu-York federal zaxira banki koronavirus tufayli jahon fond bozorlarida boshlangan tartibsizlar uchun $1,5 trln miqdoridagi mablag‘ sarflashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Bunday qarorga 12 mart kuni aksiyalar narxi rekord darajada tushganidan so‘ng kelingan. Savdo kuni yakuniga kelib AQShning yirik fond indekslari 7 %ga qadar pastladi. Bunday “sho‘ng‘ish” 1987 yildan beri kuzatilmay kelayotgan edi, hatto 2008 yilga jahon ipoteka inqirozida ham.

"Ushbu qaror koronavirus tarqalishi xavfi bilan bog‘liq moliyaviy bozorlar g‘aznachiligi tomonidan moliyalashtirishdagi sezilarli tafovutni bartaraf etish maqsadida qabul qilindi", — deyiladi xabarda.

12 martdagi AQShning uchta asosiy indekslari qulashi natijasida savdolar 15 daqiqaga to‘xtab qoldi. Payshanba kuni, shuningdek, neft narxi ham pasaygan: London fond birjasida Brent bahosidagi neft 9 %ga arzonlab, barreli 32,84 dollardan taklif qilingan.

Jahon bozorlari koronavirus epidemiyasi JSST tomonidan pandemiya deb ta’riflanishi ortidan pasaydi. Bundan tashqari, AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropaning 26 mamlakati bilan aviaparvozlarga taqiq qo‘ydi. Bu qaror ham neft narxi o‘zgarishiga ta’sir qildi.

Nyu-York federal zaxira banki AQSh Markaziy banki vazifasini bajaruvchi Federal Zaxira Tizimiga kiradigan 12 ta bankdan biri. dollarni emissiya qilish huquqiga ega.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан