Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi asfalt yo‘llar sifatini deputatlar baholaydi – Prezident topshirig‘i
19.02.2021 08:58,  
441

Davlat rahbari Namangan shahridagi “Dashtbog‘” kichik sanoat zonasiga tashrifi davomida avtomobil yo‘llarini tartibga solish bo‘yicha mutasaddilarning taklifini ham tingladi, deya xabar bermoqda “Darakchi”.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Abdurahmon Abduvaliyevning taklif berishicha, yo‘l qurilishi bo‘yicha ba’zi soliq va bojxona to‘lovlariga imtiyozlar berish bilan yo‘llarni asfaltlash arzonlashishi mumkin. Bu bilan davlat byudjetiga 60 million dollar kamroq “kirim” bo‘ladi. Evaziga yo‘llarning ahvoli yaxshilanishi mumkinligiga urg‘u berildi.

YO‘L QURILIShI BO‘YIChA YaNGI TARTIB

Bunga javoban Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l qurilishida parlament nazoratini kuchaytirish kerakligini aytdi. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, har bir yo‘l uchun alohida qurilishi loyihasi ishlab chiqilib, mahalliy deputatlar Kengashida tasdiqlanishi kerak bo‘ladi. Undan keyin deputatlar qurilgan yo‘lning sifatidan qoniqsa, ob’yekt qabul qilinadi va bajarilgan ishlar uchun pul ajratiladi.

Bo‘lmasa sizlar menga “bajaramiz” deysizlar, odamlaring esa o‘z bilganicha ish qilishmoqda. Endi hech kim bu tarzda ishlamaydi. Parlament nazorati bo‘ladi. Agar ushbu hududda yashovchi xalq vakillari ishdan mamnun bo‘lsa, to‘lov bo‘ladi. Shundagina adolatli bo‘ladi”, - dedi davlat rahbari.

“XOZIRChA YO‘L NAZORATSIZ”

Shuningdek, Prezident yo‘llarga asfalt yotqizishda kim mas’ul, qancha mablag‘ ketadi, bu ishlarni kim nazorat qiladi – barchasi bo‘yicha aniq va rejali hisobot qilishini aytib, Abdurahmon Abduvaliyevga topshiriq berdi.

Menga Namangan xaritasini qilib berasizlar – qaysi yo‘lga kim javob beradi... Har bir yo‘lning tagidagi puli aytilishi kerak. Shunga qarab mablag‘ ajratiladi. Xozircha yo‘l nazoratsiz. Ko‘cha, mas’ul, javobgar, ularning puli, yo‘li, nazoratchisini aniqlab, menga ular haqida aytasizlar”, - dedi Prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан