Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi butun dunyoga internet tarqatuvchi Starlink'ka siz ham o‘z manzilingizni ko‘rsata olasiz
15.07.2020 12:41,  
971

Taniqli tadbirkor Ilon Mask o‘zining Starlink loyihasi doirasida butun Yer yuzini tekin internet bilan ta’minlashni niyat qilgan. Avvalroq mazkur xizmatdan foydalanish istagida bo‘lganlar uchun uning rasmiy saytida arizalar qabuli boshlangan edi.

Kompaniya rasmiy saytidagi sun’iy yo‘ldoshlar orqali tarqatiluvchi internetga ulanish uchun ro‘yxatdan o‘tish shakli kengaytirildi. Endi unda nafaqat pochta indeksingiz (ZIP-kod), balki aniq manzilingizni ham ko‘rsatishingiz mumkin.

Starlink vakillarining so‘zlariga ko‘ra, arizachilarning manzillari ularga tarmoqning muayyan hududlarda yangilanishini yaxshilash uchun asqatadi.

Agarda siz oldin ariza bergan bo‘lsangiz, unda ko‘rsatilgan elektron pochtangizga o‘z manzil ma’lumotlaringizni to‘ldirishingiz mumkinligi haqida xat keladi.

Eslatib o‘tamiz , shu paytgacha ko‘plab xabarlarda Starlink interneti bepul bo‘lishi aytilayotgan edi. Ammo keyingi paytlarda uning interneti pulli, lekin past narxlarda taqdim etilishini aytishyapti. Shunga qaramay, u hozirgi mobil va simli internetlardan ancha arzon bo‘ladi; asosiysi – hamma joyda va 5–10 marta tez ishlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан