Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi chet elliklar noqonuniy mehnat uchun Rossiyadan chiqarib yuboriladi
29.12.2021 14:50,  
158

2022 yil 1 yanvardan boshlab chet el fuqarolari noqonuniy mehnat faoliyati uchun Rossiyadan chiqarib yuborilishi va mamlakatga qaytishi taqiqlanishi, bunday ishchini yollagan ish beruvchi esa har bir kishi uchun 800 ming rublgacha jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda TASS agentligiga Rossiya Federatsiyasi IIV matbuot markazi ma’lum qilgan.

Ichki ishlar vazirligi 31 dekabr kuni Rossiya prezidenti tomonidan joriy etilgan vaqtinchalik chora-tadbirlar tugatilishini ta’kidladi. Bu xorijliklarga mamlakatdan chiqmasdan qonuniy ravishda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun o‘z huquqiy maqomini tartibga solish imkonini beradi.

“IIV 2021 yil 31 dekabrga qadar Rossiyada ishlash uchun tegishli hujjati bo‘lmagan chet el fuqarolariga zudlik bilan ichki ishlar idoralariga murojaat qilishni qat’iy tavsiya etadi”, — deyiladi matbuot markazi xabarida.

Ozarbayjon, Moldova, Tojikiston, O‘zbekiston va Ukraina fuqarolari hujjatlarni taqdim etish muddati va Rossiya Federatsiyasiga kirishning e’lon qilingan maqsadiga qo‘yiladigan talablarni hisobga olmagan holda patent olish uchun ariza berish huquqiga ega. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida Rossiyaga kirish maqsadidan qat’i nazar, mehnat yoki fuqarolik shartnomasini tuzishi mumkin.

Chet el fuqarosini ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun jalb qilgan ish beruvchi mehnat munosabatini rasmiylashtirishi va bu haqda IIVning tegishli hududiy organini uch kun ichida xabardor qilishi mumkin. 

Shu bilan birga chet ellik ishchini jalb qilish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lmaganlar Rossiyaga kirish maqsadidan qat’i nazar, chet el fuqarosi ishlashiga ruxsat olish uchun ariza berishi kerak — deya xabar bermoqda ’UzA’.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан