Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi dorilarning xalqaro patentlanmagan nomi bo‘yicha retsept yoziladi. Bu nima degani?
19.08.2020 10:51,  
349

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil iyul oyidagi 121-sonli buyrug‘iga ko‘ra, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar barcha tibbiyot tashkilotlari bemorga majburiy tartibda xalqaro patentlanmagan nom bo‘yicha retsept yozishi lozimligi belgilab qo‘yildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassisi bu masalaga izoh berdi. 

— Sodda qilib tushuntirsak, dori vositasi savdo nomi bilan yoki kimyoviy nomi bilan tibbiyot amaliyotida qo‘llaniladi, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Muhabbat Ibragimova. – Bir xil tartibdagi va dori shakldagi dori preparatlari, deylik, Germaniya, Hindiston yoki O‘zbekiston ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan turlicha savdo nomlari bilan ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Ularning ta’siri bir xil bo‘lgani holda, narxi va qadog‘idagi savdo nomi bir-biridan farq qiladi.

Retseptga dori preparatining xalqaro patentlanmagan nomi yozilishi talabi ba’zi bir davolovchi shifokorlarning aynan bir firma mahsulotini aniq savdo nomi bilan bemorga tayinlashi, dorixonalarning esa atay qimmat dori vositalarini bemorga sotishini oldini olishga qaratilgan.

Bu, o‘z navbatida, bemorga imkoni va hamyoniga qarab ish ko‘rishi, qimmat doriga mablag‘i yetmasdan tegishli muolajalarni oxirigacha qabul qilolmay qolishini oldini oladi. Bu tartib 2020 yil 1 iyuldan kuchga kirgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан