Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi Farg‘onadan ham «Do‘stlik» chegara postiga avtobuslar qatnaydi
6.12.2019 12:12,  
336

“Uzautotrans service” korxonasi bugundan e’tiboran “Farg‘ona – Do‘stlik” yo‘nalishida sinov tariqasida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Avtobuslar “Farg‘ona shahar atrofi” avtostansiyasidan yo‘lga chiqib, Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara o‘tkazish maskaniga qadar harakatlanmoqda.

Ushbu yo‘nalish masofasi 115 kilometrga teng bo‘lib, qatnovlar “Yutong” avtobuslarida amalga oshirilyapti. Yo‘lkira haqqi esa 15 000 so‘m etib belgilangan.

Dastlabki bosqichda qatnovlar ikki tomonlama yo‘nalishda kuniga jami 8 marotaba amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан